25 sen 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA

CHisora dekabr oyida xayrlashuv jangini o'tkazadi
Britaniyalik taniqli professional bokschi Derek CHisora yana bitta jangdan keyin faoliyatini yakunlaydi.
Bokschining malum qilishicha, u o'zining xayrlashuv jangini 13 dekabr kuni Manchester shahrida o'tkazadi.
"Mehmonxonalar, restoranlardagi joylaringizni buyurtma qilib qo'ying, 13 dekabr kuni Queensberry Promotions bilan birga Manchesterni yopamiz. Raqib tez kunda elon qilinadi... So'nggi raqs Manchesterda bo'ladi. Jangga, olg'a!" deb yozgan CHisora.
Malumot uchun, Derek CHisora so'nggi jangini shu yilning fevral oyida Otto Vallinga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi. U faoliyati davomida 36 ta g'alaba va 13 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar