So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

12 iyu 06:44
Yangiliklar

Boks/MMA

CHisoraning ishtahasi ochildi, u Xirndan Uaylder bilan jang tashkil qilishni so'radi

Britaniyalik bokschi Derek CHisora Kubrat Pulevni mag'lub etganidan so'ng, keyingi jangni kimga qarshi o'tkazish istagida ekanini aytdi.

38 yoshli bokschi bir nechta jangdan so'ng faoliyatini yakunlashini ham takidladi.

"Ko'p kuchim qolmadi. Lekin hammasini sizlar uchun ishlatishga vada beraman. Yana bir necha jang o'tkazgandan keyin boksdan ketaman. Men kuchli jangchilar bilan jang qilishni xohlayman. Eddi Xirnga, agar Uaylder bilan jang tashkil qilib bersa xursand bo'lishimni aytdim.

Men o'z davrimdagi barcha kuchli bokschilar bilan jang qilmoqchiman. G'alaba yoki mag'lubiyat, bu ahamiyatsiz. Men shunchaki boks tushishni xohlayman. Xirn va Matchroomʼga rahmat.

Bugun mening jangimda bolalar ham ishtirok etdi. Ular meni birinchi marta boks tushishimni ko'rishdi. Menga g'alaba kerak edi. Ko'p janglarda mag'lub bo'ldim va bu jangda g'alaba qozonishim kerak edi. G'olib bo'lish yoqimli albatta.

Ammo, Pulev g'alaba qozongan taqdirda ham oldinga yurishda davom etardim. Men xafa bo'lmayman. Sababi Xudoning men uchun tuzgan rejasi bor", - dedi CHisora.

Eslatib o'tamiz, Derek CHisora bolgariyalik tajribali raqibi Kubrat Pulevni 116-114, 116-122, 112-116 hisobida mag'lub etdi va WVA International kamarini qo'lga kiritdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing