05 noy 13:36
Yangiliklar
Cicipas inqirozdan chiqqani haqida: "Bunga ko'p sabablar bor"
Tennischiga mavsum boshidan beri ochiq xardlardan (10 o'yinning 4 tasida g'alaba) ko'ra yopiq kortlarda (10 o'yinning 8 tasida g'alaba) ko'proq g'alabaga erishgani borasida savol berishdi.
"Buni qanday tushuntirsam bo'lar ekan? Bunga qadar etarlicha darajada yaxshi o'ynay olmadim va ko'p ham mashg'ulot qilmadim. Jamoamda va yana boshqa o'zgarishlar bo'ldi - ekipirovkada va hokazo. Yangiliklar qilishga urindim va bu menga qimmatga tushdi. Hechqisi yo'q, CHunki menga ham o'zgarishlar kerak edi.
Endi esa shunchaki mashg'ulot qiladigan payt keldi, o'zing bilan yonma-yon bo'lib turganlarni ushlab tura olasan. Savollarga javoblar qidirish shart emas, shunchaki ishlab, o'zingning kuchli tomonlaringni ochishing lozim. SHu orqali natijaga ham erishsa bo'ladi. Ayni paytda o'zimni juda yaxshi va qulay his qilyapman", - dedi Cicipas.
Fikrlar