26 may 12:16
Yangiliklar

Cuba Domadores ilk finalchi, ikkinchi davogar Astana Arlans!
Musobaqaning amaldagi chempioni Kubaning Cuba Domadores jamoasi yarim finalning javob uchrashuvida Franciyaning France Fighting Roosters bokschilariga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida zafar quchishdi.
Bu jamoalarning ilk bahsida Franciya jamoasi 3:2 hisobida ustun kelgandi. Bugun ikkinchi yarim final uchrashuvida Qozog'istonning Astana Arlans jamoasi Buyuk Britaniyaning British Lionhearts bokschilarini qabul qiladi. Ilk bahsda mehmon maqomida harakat qilganiga qaramay, Astana Arlans 3:2 hisobida zafar quchgan edi.
Cuba Domadores – France Fighting Roosters – 5:0
(49 kg) Damian Arse – 3:0 – Samuel Karmona
(56 kg) Robeysi Ramires – 3:0 – Semyuel Kistoxarri
(64 kg) Endi Krus – KO 3 – Morgan Endong
(75 kg) Arlen Lopes – TKO 4 – Martin Ovono
(91 kg) Erislandi Savon – TKO 5 – Silven Lyus
Eslatib o'tamiz, Uzbek Tigers jamoasi o'z guruhidan Kubadan keyin ikkinchi o'rinni egallab, chorak finalga yo'l olgandi. Lekin keyinchalik musobaqa tashkilotchilari qoidaga o'zgartirish kiritib, faqat guruh g'oliblarigina pley-offga chiqishini malum qilishgan edi.
Fikrlar