09 sen 10:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: “Golovkin Alvaresni mag'lub etadi”
UFC prezidenti Dana Uayt o'rta vazn toifasida kutilayotgan va yil jangi sifatida etirof etilayotgan chempionlik jangi xususida fikr bildirdi.
Xabaringiz bor, 15 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida o'rta vazn toifasida WBA va WBC yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin sobiq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.
"Men jangni bevosita arenadan kuzataman. Fikrimcha, bu bokschilarning ilk jangida Golovkin g'alaba qozongandi. Ishonchim komil, u bu ishni 15 sentyabr kuni ham takrorlaydi”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar