21 sen 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Kanelo va Golovkin o'rtasidagi trilogiya jangiga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Las-Vegas shahrida bo'lib o'tgan Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasidagi trilogiya jangi haqidgia fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta, Kanelo va Golovkin o'rtasidagi jangni kuzatdim. Bu jang juda kech tashkil etildi. Ular 575 000 pullik translyaciyani sotdi - bu dastlabki janglarga qaraganda ikki marta kam. Bu jang to'rt yil oldin bo'lishi kerak edi”, – dedi UFC rahbari Dana Uayt.
Bokschilar o'rtasidagi trilogiya jangida Saul ochkolar hisobida Golovkin ustidan g'alaba qozongandi. Avvalroq, Kanelo va Golovkin trilogiya jangidan qancha gonorar ishlab olgani malum qilingan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar