09 iyu 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: “Makgregor bilan uning sudidan so'ng gaplashamiz”
Aralash qoidalar bo'yicha UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor bilan muzokara olib bormayotganini malum qildi.
Uayt Konorning sud jarayoni yakunlanishi va unda qanday jazo qo'llanishini kutayotganini aytgan. Makgregor aprel oyida UFC 223 turniri ishtirokchilari joy olgan avtobusga hujum uyushtirgan va sportchilarning bir necha nafariga tan jarohati etkazgan edi.
“Hozir Konor ishtirokidagi jang haqida umuman o'ylayotganim yo'q. Ha, gaplarim ayni haqiqat. Takroriy sud jarayonini kutishimiz va uning natijasini bilishimiz kerak. SHundan keyingina Makgregorning jangi yuzasidan gaplashsak, maqsadga muvofiq bo'ladi”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar