14 avg 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: “Nurmagomedov - Makgregor jangi PPV bo'yicha rekord o'rnatadi”
Aralash qoidalar bo'yicha UFC tashkiloti prezidenti Dana Uayt uzoq kutilgan Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov o'rtasidagi jangning pullik, yani PPV translyaciyasi rekord darajada foyda keltirishiga ishonmoqda.
“Bu jangning o'tkazilishini dunyoning yarim aholisi kutmoqda. Haqiqiy jangga guvoh bo'lamiz. Jangni tashkil qilish qiyin kechmadi. CHunki, ikkala sportchi ham ushbu jangning o'tkazilish tarafdori edi.
O'ylashimcha, bu jang pullik translyaciyalar bo'yicha yangi jahon rekordini o'rnatadi. Translyaciyaning o'zidan kamida ikki million dollar daromad olishni mo'ljallab turibmiz”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar