19 iyu 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uaytga tegishli promoushen bilan shartnoma imzolagan Anvar Boynazarov sohilda mashg'ulot olib bormoqda + VIDEO
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Anvar Boynazarov endilikda "Dana White's contender series" promousheni ostida jang qiladi.
Jangchimiz kuni kecha instagram sahifasiga sohilda mashg'ulot olib borayotgani aks etgan lavha joyladi.
Malumot uchun, Boynazarov so'nggi jangini 26 yanvar kuni Jon Famga qarshi o'tkazib, jangning 22 soniyasidayoq nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. Hamyurtimizning g'alabasiga engil vaznda UFC'ning sobiq chempioni CHarlz Oliveyra ham munosabat bildirgan edi.
Avvalroq, hamyurtimizning UFC prezidenti Dana Uaytga tegishli yana bir promoushen — "Dana White's contender series" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar