16 dek 09:49
Yangiliklar
Daniyar Eleusinov ikki yillik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytdi
Qozog'istonlik bokschi kecha Astana shahrida tashkil etilgan "IBA chempionlar oqshomi"da Janubiy Afrika Respublikasi vakili Jabulani Makxensega qarshi jang o'tkazdi. 71 kilogrammgacha vazn toifasida o'tkazilgan jang to'liq 6 raund davom etdi va Daniyarning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Takidlash joiz, bu jang bokschilarning rasmiy rekordi uchun hisoblanmaydi. Hozirda Daniyarning prof boksdagi rekordi 11 g'alabani tashkil etmoqda. U raqiblarini 6 ta jangda nokautga uchratgan. Eleusinov bundan avvalgi jangini 2021 yilning dekabr oyida o'tkazib, yarim o'rta vaznda IBO chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Jabulani Makxense esa 14 g'alaba va 2 mag'lubiyatga ega. Ettita jangni muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan.
Fikrlar