30 noy 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Dariush Carukyandan ustun jihatini aytdi
UFC'ning engil vazni reytingida 4-o'rinni egallab turgan amerikalik Beneil Dariush rossiyalik Arman Carukyan bilan jangi haqida gapirdi.
"Carukyan yosh va g'alabalarga tashna. Har doim rivojlanish jarayonida. Yoshligi sababli doimo mashg'ulot o'tkazadi.
Bu men uchun juda xavfli jang. CHunki u har bir jangidan hulosalar oladi va yanada kuchliroq bo'ladi. U ko'p narsalarni isbotlashi uchun men kabi raqiblarni mag'lub etishni istaydi.
U Mateush Gamrotga yutqazgan, men esa yutdim. Agarda Arman meni yutadigan bo'lsa, o'sha mag'lubiyatidan etarlicha hulosalar chiqargan bo'ladi. Menda katta ishtiyoq borligi sababli u qiyin ahvolga tushib qolgan", - dedi Dariush "MMA Fighting" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Dariush va Carukyan o'rtasidagi jang 3 dekabr kuni UFC Fight Night 233 turnirida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar