29 iyu 15:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore UFC yulduzini nokautga uchratdi
Aralash qoidalar bo'yicha amerikalik sportchi Dastin Pore ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi.
U UFC on FOX 30 turnirining markaziy jangida taniqli yakkakurash ustasi Eddi Alvaresga qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundda yakunlandi. Raund yakunlanishiga 55 soniya vaqt qolgan bir paytda referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Dastin kuchli raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar