So’nggi yangiliklar

11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0 19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0

29 okt 10:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Davron Fayziev: "Daraja nuqtai nazaridan SHahram ancha ilgarilab ketgan"

Taniqli sport sharhlovchisi Davron Fayziev SHahram G'iyosov – Arslanbek SHimbergenov o'rtasidagi bo'lajak to'qnashuv haqida fikr bildirdi.

Fayziev ushbu jangda G'iyosovning imkoniyatlarini yuqori baholadi.  

"Daraja nuqtai nazaridan SHahram Arslanbekdan ancha ilgarilab ketgan. Hozir G'iyosov yaxshiroq bo'lsa kerak. Faqat bitta narsa bor, oldingi mag'lubiyatidan qolgan ruhiy bo'shliq koncentraciyaga salbiy tasir qilmasa, aksincha, revansh kayfiyatida ringga chiqib, bu bo'shliqni kuchga yo'naltirsa, muammoga duch kelmaydi deb o'ylayman. SHahramni jangini anchadan buyon ko'rmadim, oxirgi janglaridan xulosa qiladigan bo'lsak, ayni paytda u ajoyib formada.

O'zi havaskor boksda 3 tagina raund bor. Ayniqsa, engil vazn toifalarida tezlik muhim rol o'ynaydi. O'sha qisqa muddat ichida maksimal tezlikni ishga solib zarbalar berish, aqlli boks, tajriba va taktikalarni qo'llashga ulgurmay qolishyapti. SHuning uchun 30 yoshli kubaliklar mag'lub bo'lyapti. Ular taktika qiladi, dastlabki raundda raqibi bilan o'yin qiladi, ahmoq qilmoqchi bo'ladiyu, natijada o'zi vaqtdan yutqazib qo'ymoqda. Havaskor boksda yosh juda muhim rol o'ynaydi. 27 yosh normal hisoblanadi. Bu yoshdan o'tib ketib qolsa tezlik etmay qolyapti. Raqiblarga etibor beradigan bo'lsak, yosh, titullarga ega bo'lmagan bokschilar. Lekin yoshligi, tezligi evaziga ochkolarni yig'ib tashlayapti. Kattalar jangga moslashgunicha, yoshlar birinchi raundni yutib qo'ymoqda.

Masalan menga qura yoqmadi. Qura ham chempionatning qiziqarli o'tishiga tasir ko'rsatadi. To'g'risi, qurani ko'rmadim, savatlarga ajratilishi lozim. Kuchli bokschilarning avval boshidanoq bir-biri bilan tushib qolmasligi uchun sharoit yaratib berish kerak", - dedi Davron Fayziev.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
29 okt 13:11:45
CHELSEA2211
Shaxram kibirli manmanlikni yig'ishtirish kerak...
   
29 okt 12:02:58
Ars....
SPRINTERshashist siz sal g'alatimisz dimanda a. Perchatki yumshoq va udar tasr qmagani uchun 2kun oldin bizni bo'kschimiz nokautga uchrapdida a.
   
29 okt 10:57:23
Blessed
SPRINTERshashist foydalanuvchining fikriga javob berish
Хех бу хаваскор бокс перчаткалар котта юмшок. Урса таасир килмиди. Очкога ишланади. Бокс тушунмисиз сиз ука
Aка ўзи ўқиб чиқдингзми янгиликни? Даврон ҳам шунақа деяпти очко йиққан ютади, тажриба ҳам қўл келмаяпти деб айтган)))
   
29 okt 10:46:21
SPRINTERshashist
Хех бу хаваскор бокс перчаткалар котта юмшок. Урса таасир килмиди. Очкога ишланади. Бокс тушунмисиз сиз ука
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing