So’nggi yangiliklar

12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0

16 sen 12:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Davron Fayziev: “SHaxsan menga jang natijasi shubhali tuyuldi”

Yil jangi sifatida etirof etilgan Gennadiy Golovkin va Saul “Kanelo” Alvares o'rtasidagi bugungi bahs turli muhokama va munozaralarga sababchi bo'lmoqda.

Jumladan, taniqli futbol sharhlovchisi, boks, xususan professional boksga aslo befarq bo'lmagan Davron Fayziev bugungi jang xususidagi o'z fikr va mulohazalari yuzasidan saytimizga intervyu berdi. 

“Golovkin - Kanelo jangi klassik to'qnashuv bo'ldi. Yani, tajribaga qarshi yoshlik shijoati. Saul tomonida tezlik va kuch, Gennadiy tarafida esa texnika hamda taktika! Bir narsani alohida takidlab o'taman, bu narsa muxlislar, mutaxassislar va hakamlarning yondashuviga ham bog'liq. Masalan, kimgadir tezkor va bosimdan iborat jang uslubi yoqadi. Ayrimlarga esa aqlli texnikaga tayangan, taktikani qo'llaydigan, kerak bo'lsa, jarayonni to'g'ridan-to'g'ri emas, go'yoki chetdan turib boshqara oladigan uslub egalari maqul keladi. Ikkinchi toifadagilar go'yo raqibga tashabbusni bergandek bo'lishadi, lekin aslida hammasini o'z nazoratlari ostida ushlaydilar. 

To'g'risini aytsam, menga texnika, taktika va aqlga tayanib jang olib boradigan bokschilar yoqadi. SHu jihatdan bo'lsa kerak, shaxsan menga bugungi jang natijasi biroz shubhaliroq tuyuldi. Lekin hakamlar jangni boshqacha ko'z bilan ko'rgan bo'lishlari mumkin. Hakamlar baholash tizimida har bitta xatti-harakatni qayd etib borishadi. Balki, jangning dastlabki raundlaridagi Kaneloning faolligi hakamlarning yakuniy qarorini taminlab bergan bo'lishi mumkin. 

Odatda tenglik hukmron bo'lgan janglarda bir tomon kuchini tejash uchun ham tashabbusni raqibga topshirgandek ko'rinadi. Aslida u baribir jangni nazorat qilib boradi va so'nggi raundlarni faol o'tkazishi hisobiga bahsni g'alaba bilan yakunlaydi. Bunday janglarga ko'p bora guvoh bo'lganman. Lekin bugun buning aksini ko'rdim. Tenglik bo'lib turgan va oxirgi ikkita raundni o'z foydasiga hal qilgan GGG yakunda mag'lub bo'ldi. 

SHu jihati menga g'alati tuyuldi. Saulni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerak, bugun Golovkin mag'lubiyatga loyiq emas edi. Alvares ham yaxshi jang o'tkazdi. Menimcha, bugun ham eng adolatli natija - bu durang edi. Endi uchinchi jangni kutib qolamiz. Bugungisi bilan bu to'qnash tugamasligi kerak. Raqibidan 8 yoshga katta bo'lgan GGG hali kuchi borligini isbotladi. Yoshi katta deydiganlarga munosib tarzda javob qaytardi.

Alvares esa bugun faoliyatidagi eng katta gonorarlardan biriga ega bo'ldi. Moliyaviy holatini ancha yaxshilab oldi va tabiiyki, bundan ham ko'p gonorar keltiradigan uchinchi jangga ham rozilik beradi. Rozilik bermasa ham adolatsizlik bo'ladi. Endi bu narsa uning promouteri Oskar De La Xoyyaga ham bog'liq”, - dedi Fayziev. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
16 sen 13:48:18
JasurBeK
Canelo kichik xisobda yutdi men uchun 2raund ustunlik evasiga. Bundan tahsqari, zarbalar statistikasi bo'yicha ham Caneloni yutganini payqash qiyin emas
   
16 sen 13:25:37
aszmuzb
Худди шундай, шубхали бўлди, Оскар босим утказди шекилли хакамларга...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing