18 iyu 10:51
Yangiliklar
Futbol
De la Fuente Xorvatiyaga qarshi final oldi fikrlarini bildirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi finali doirasida Xorvatiyaga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Yakshanba kuni ikki ajoyib jamoa o'ynaydi, final o'yini teng kurashlar ostida kechadi. Biz va Xorvatiya - Evropadagi jng yaxshi terma jamoalardanmiz. Kuchli tomonlarimizdan foydalanib, bu orqali zavq olmoqchimiz. Asosiy maqsadimiz - kuchli raqibni mag'lubiyatga uchratishdir. Barcha ehtimoliy scenariyni muhokama qilib oldik. Imkoni bo'lsa, asosiy vaqtda g'alabaga erishmoqchimiz. Ularda qo'shimcha vaqt bo'yicha tajriba katta, ammo bu futbol. Agar siz finalga chiqsangiz, bu tajriba ahamiyatga ega bo'ladi", - dedi de la Fuente.
Havola :
Manba : UEFA
Fikrlar