01 okt 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Deontey Uaylder: “Gohida o'zimdan ham qo'rqib ketaman”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder yana bir bor matbuotda chiqish qildi.
Amerikalik chempion eng nufuzli hisoblangan chempionlik kamarini mana bir necha yildirki o'z qo'lida saqlab kelmoqda. Mag'lubiyat nimaligini bilmayapti.
“Men superog'ir vazn toifasidagi eng xavfli raqibman. SHu sababli boshqa raqiblarda qo'rquv uyg'otishim tabiiy holat. Ochig'ini aytsam, bazida o'zimdan ham qo'rqib ketaman. Bejziga ringga chiqqanimda “bombardimonchi”ga aylanmayman”, - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder 1 dekabr kuni sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar