30 may 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39595_220.jpg)
Deontey Uaylder Joshuaga qarshi jang qachon o'tkazilishini aytdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder qolgan uchta yo'nalish chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jangning qachon o'tkazilishi masalasiga oydinlik kiritdi.
Ushbu jang g'olibi superog'ir vaznda mutloq jahon chempioniga aylanadi. Ayni paytda har ikki bokschining jamoalari jang sanasi va manzili yuzasidan muzokaralarni davom ettirishyapti.
Hozirda ikkita variant bor — birlashtiruvchi chempionlik jangi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada yoki noyabrda AQSHda bo'lib o'tadi. Agar jang Britaniyada o'tkazilsa, Joshua moliyaviy tomondan yutqazadi.
“Joshua 50 million dollarlik gonorar taklif qilinsa, darhol shartnomaga imzo chekishini aytgandi. Biz uning talabini qondiradigan taklif berdik. Faqat bu holatda jang AQSHda o'tkazilishi shart. Lekin hali javob olmadik”, - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar