12 dek 08:12
Yangiliklar
Deontey Uaylder: "Qotil bo'lish uchun shug'ullanyapman"
"SHunchaki oddiy jangchi bo'lishda ham ajoyib hissiyotlar o'tadi. Siz buning uchun barcha mashg'ulotlardan, sparringlardan va zarbalardan o'tishingiz kerak. Siz sparring-raqiblaringizni mag'lub etishingiz orqali miyangizda g'oliblik fikri to'planadi.
Hozir qotil bo'lish uchun shug'ullanyapman. Bu fikrlashni o'zgartiradi. Istalgan vaqtda birortasini jarohatlab qo'yish, qurol ko'tarib yurish kabi hissiyotlar bilan yurish - ajoyib.
Lagerda men agressivroq va jiddiyroq bo'lishni o'rganaman. Oldimda bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar bor. Menga bu adrenalin juda yoqadi. Navbatdagi jangimni intiqlik bilan kutyapman", - dedi boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder.
Eslatib o'tamiz, 23 dekabr kuni Saudiya Arabistonida Deontey Uaylder va Jozef Parker o'rtasida uzoq kutilgan jang o'tkaziladi.
Fikrlar