14 sen 13:03
Yangiliklar
Devis Kubogi. O'zbekiston - Estoniya 3:1. Sultonov hal qildi!
Xabar berganimizdek, II Jahon guruhi doirasidan o'rin olgan ushbu qarama-qarshilikda bugun juftlik hamda yakkalik bahslari o'tkazilmoqda. Humoyun Sultonov va Sergey Fomin juftligi Mark Layal hamda Kristian Tam hamkorligiga qarshi kortga chiqib, ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozongandi - 6/0, 6/4.
Hozirgina yakuniga etgan yakkalikdagi Humoyun Sultonov - Mark Layal uchrashuvida mamlakatimizning birinchi raketkasi zafar quchdi. Etmish besh daqiqa davom etgan bahsda hamyurtimiz reytingda o'zidan yuqorida borayotgan raqibini 6/4, 6/1 hisobida engdi.
Taqqoslash uchun, Humoyun dunyo reytingida 236, Mark esa 224-o'rinni egallab turibdi. Yakkalikning so'nggi uchrashuvi natijasidan qatiy nazar O'zbekiston terma jamoasi Estoniyadan ustun keldi.
Fikrlar