21 sen 11:13
Yangiliklar

Diaz Jeyk Polga qarshi ehtimoliy to'qnashuv haqida: "Bizni katta jang kutib turibdi"
"17-18 yoshimda, endigina jang qila boshlagan paytim, zalda faqat bokschilar bor edi. Dastlab boks bilan shug'ullanmoqchi bo'ldim. SHahrimizda MMA bo'yicha turnirlar ko'proq bo'lardi. SHunday qilib, men ushbu sport turiga kirib keldim va keyin shartnomalar bilan oktagonga tushib qoldim.
Endi men uchun barcha eshiklar ochiq, men boks bilan shug'ullanishni to'xtatmaganman. Vaqti kelganida biz buni qabul qilamiz. Albatta, Jeyk variantlardan biri. U katta ishlar qilyapti, hozir uni katta jang kutmoqda. Agar u g'alaba qozonsa, odamlar albatta hayratda qoladi.
Anderson g'alaba qozonsa, bu ham qiziqarli bo'ladi. Demak, bizni katta janglar qarshi olmoqda va buni men ham intiqlik bilan kutyapman. Menimcha, imkoniyatlar 50/50. Natija qanday bo'lishini ko'ramiz", - deya Diazning so'zlarini keltiradi Mirror.
Fikrlar