09 sen 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Kanelo va Betirbievni solishtirdi
Yarimog'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol Saul Alvares va Artur Betirbievni taqqosladi.
Avvalroq, Bivol Beterbievga qarshi jang haqida gapirgan edi.
"Bu unchalik qiyin bo'lmaydi. Ammo, boshqa tarafdan olib qarasak biroz mushkul. Kaneloga qarshi jangda yagona qiyinchilik tarafi, bu uning mashhurligi edi. Jamoamdan boshqa hech kim menga ishonmagan edi. Beterbiev Kanelo kabi mashhur emas, balki bu borada osonroq bo'lar. Bokschilik mahorati va jismoniy imkoniyatlarga kelsak, menimcha bu borada garhpirish biroz qiyin", — deya Bivolning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy Bivol navbatdagi jangini 5 noyabr kuni Abu-Dabida meksikalik bokschi Xilberto Ramiresga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar