So’nggi yangiliklar

20:05Дзюдочиларимиз Озарбайжонга жўнаб кетишди 0 19:44Махачев — Майкл Моралеснинг баҳсли рекорди ҳақида: "Уни яна бўғиб қўйиш керак" 0 19:23"Ювентус" юлдуз футболчининг трансфери бўйича музокараларни тўхтатди 0 19:02Усик нега фаолиятини якунламоқчи эмаслигини айтди 0 18:41"Перейрани менга қолдир". Чимаев Жон Жонсга мурожаат қилди 0 18:20Илия Топурия ваъда берди 0 17:59Хаби Алонсонинг қайси клубда фаолиятини давом эттириши мумкинлиги айтилди 0 17:38Мураббий Шара Буллетнинг қачон UFC’га қайтишини айтди 0 17:17MPL Лигасининг келажаги нима бўлади? Маҳмуд Мурадов ойдинлик киритди 0 16:56Илия Топурия UFC’нинг энг ортиқча баҳоланган жангчисини айтди 0 16:35"Барселона" собиқ футболчиси Қозоғистоннинг "Актобе" клубига ўтди 0 16:14Бивол The Ring журналининг 2025 йил якуни бўйича икки мукофотига номзод бўлди 0 15:53Усик Тайсон Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 15:32Zuffa Boxing 1 бокс оқшомининг тўлиқ карди эълон қилинди (ФОТО) 0 15:11Иньеста Африканинг Топ терма жамоаси мураббийлар штабига кириши мумкин 0

25 jan 17:29
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Bosh kotib lavozimida ishlagan Olimpiada sovrindori Rishod Sobirov boshqa lavozimga o'tdi

O'zbekiston dzyudo federaciyasi navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasini o'tkazdi.

Konferenciyada O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, mamlakat dzyudo federaciyasi rahbarlari, federaciyaning hududiy bo'linmalar mutasaddilari, sportchilar, murabbiylar va hakamlar ishtirok etishdi. 

Konferenciyada tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi. SHu paytga qadar O'zbekiston dzyudo federaciyasida Bosh kotib sifatida ishlab kelgan sportning ushbu turi bo'yicha Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sohibi Rishod Rashidovich Sobirov bundan buyog'iga federaciya sport direktori sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi. Abdulla Nazarovich Murodov esa mamlakat dzyudo federaciyasiga Bosh kotib etib saylandi. 

Konferenciya davomida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Alisher Akmalov, federaciya vice-prezidentlari SHavkat Mo'minov, Armen Bagdasarov va Dmitriy Adismanlar so'zga chiqib, yurtimizda dzyudoni yanada rivojlantirish, xalqaro maydonda erishilayotgan yutuqlar salmog'ini oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni imkon qadar tezroq bartaraf etish hususida gapirishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing