So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

09 okt 14:00
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. JCHning to'rtinchi kuni ham O'zbekiston uchun medalsiz yakunlandi

Teglar :  Dzyudo
Toshkentda dzyudo bo'yicha 35-jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Bugun, 9 oktyabr kuni ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi. Erkaklar o'rtasida -81 kg vazn toifasida SHarofiddin Boltaboev, ayollar o'rtasida esa -63 kg vaznli Sevinch Isoqova yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Afsuski, sportchilarimiz ilk janglarida bittadan g'alabaga erishgan bo'lsalar, ikkinchi bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqadagi imkoniyatni boy berib qo'yishdi. 


Ularning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 


SAHIFANI YANGILASH


-81 kg vaznli SHarofiddin Boltaboev uchinchi bosqichda yaponiyalik Sotaro Fujivaraga qarshi kurashdi va Golden Score'da imkoniyatni boy berdi. 


-63 kg vaznli Sevinch Isoqova franciyalik raqibasiga ippon evaziga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Afsus.


-81 kg vaznda SHarofiddin Boltaboev tojikistonlik Somon Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqdi va g'alaba qozondi.


-63 kg vaznli Sevinch Isoqova ilk bosqichda qirg'izistonlik Ajar Isaevaga qarshi kurashdi va Golden Score'da raqibdagi uchta shido evaziga keyingi bosqichga chiqdi.


Sevinch Isoqovaning qirg'izistonlik raqibasiga qarshi jangi boshlanmoqda. 


SHarofiddin Boltaboev ishtirokini ikkinchi bosqichda tojikistonlik raqibga qarshi kurashadigan bo'ldi.


Dzyudochilarimiz JCHni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Somon Mahmadbekov (Tojikiston) / Francua Drapeu (Kanada)

-63 kg: Sevinch Isoqova - Azhar Isaeva (Qirg'iziston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing