So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

28 jan 19:25
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Portugaliya Gran-Prisining uchinchi kunini medalsiz yakunladik

Teglar :  Dzyudo
Portugaliyada dzyudo bo'yicha Odivelash Gran-prisi o'z yakuniga etmoqda.

Unda erkaklar o'rtasida uchta, ayollar o'rtasida esa ikkita vazn toifasida bahslar o'tkaziladi. Kun davomida Rustam SHorahmatov, SHohruh Baxtiyorov, Irisxon Qurbonboeva va Rinata Ilmatova bahslarda ishtirok etdi. Afsuski, ularning xech biri medal qo'lga kirita olmadi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya Gran-Prisini 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan yakunladi. 

Terma jamoamiz safida Dilshod Baratov va Diyora Keldiyorova oltin, Gulnoza Matniyozova kumush medalni qo'lga kiritdi. 




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik dzyudochilarning uchinchi kungi natijalaridan boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.


SAHIFANI YANGILASH

+100 kg vazn toifasida SHohruh Baxtiyorov bronza uchun o'tish jangida yaponiyalik dzyudochiga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


+100 kg vaznli SHohruh Baxtiyorov chorak finalda rossiyalik jahon chempioni Inal Tasoevga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.


+100 kg vazn toifasida SHohruh Baxtiyorov qozog'istonlik raqibdan ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi!


+100 kg vaznli SHohruh Baxtiyorov birinchi jangini estoniyalik raqibga qarshi o'tkazdi va IPPON evaziga g'olib bo'ldi. 


-78 kg vaznli Irisxon Qurbonboeva Janubiy Koreya vakilasiga imkoniyatni boy berdi. 


-100 kg vazn toifasida Rustam SHorahmatov ekvadorlik dzyudochiga mag'lub bo'ldi. 


+78 kg vaznli Rinata Ilmatova afsuski ilk bosqichdayoq yaponiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 



Kun davomida 4 nafar hamyurtimiz bahslarda ishtirok etadi: 

-100 kg: Rustam SHorahmatov

+100 kg: SHohruh Baxtiyorov


-78 kg: Irisxon Qurbonboeva

+78 kg: Rinata Ilmatova


UPD. Post tahrir qilindi. Davlat Bobonov musobaqada ishtirok etmasligi malum bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing