13 jan 14:08
Yangiliklar
Dzyudo. Yilning birinchi musobaqasi uchun O'zbekiston terma jamoasi tarkibi aniq
O'zbekiston dzyudo federaciyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini elon qildi.
Unga ko'ra, Portugaliya turnirida 18 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Qayd etish joiz, ayni paytda jamoa Avstriyaning Mitterzill shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lib turibdi. SHundan so'ng 15-23 yanvar kunlari yig'in Myunxenda davom etadi va 24 yanvarda jamoa Odivelashga yo'l oladi.
Portugaliyada medallar uchun kurash olib boradigan tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon No'monov
-81 kg: Nurbek Murtazoev
-81 kg: SHarofiddin Boltaboev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Rustam SHorahmatov
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboeva
-57 kg: SHukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: SHohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyozova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
Fikrlar