14 fev 18:37
Yangiliklar
Dzyudochi qizlarimiz endi yaponiyalik murabbiy qo'l ostida shug'ullanishadi
Bu haqida mamlakat dzyudo federaciyasi malum qildi. Mutaxassis bugun terma jamoa bilan Boku “Katta dubulg'a” turniriga jo'nab ketdi.
M.Tanaka ayollar terma jamoasiga jalb qilingan. Bu orqali dzyudochi qizlarimizni Toshkent “Katta dubulg'a” turniri, shuningdek, jahon chempionati va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga puxta tayyorlash ko'zda tutilgan. Mutaxassis o'zbek dzyudosining qayd etayotgan ulkan natijalari, qolaversa, O'zbekistonda Ilias Iliadis, Marko SHpitka kabi kuchli mutaxassislar ishlayotgani bois terma jamoadan tushgan taklifga qiziqish bildirganini takidladi.
Malumot uchun, Miki Tanaka 1987 yilning 20 oktyabr sanasida tavallud topgan. Sportchilik faoliyati davomida -63 kg vazn toifasida ishtirok etib, jahon chempionatlarida 1 tadan oltin, kumush va bronza, “Masters” musobaqasida 1 tadan kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan. SHuningdek, uning hisobida “Katta dubulg'a”, Gran-pri tasnifidagi musobaqalarda ham ko'plab medallar mavjud. Bunga qadar Isroil terma jamoasida murabbiylik qilgan.
Fikrlar