12 fev 18:41
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz Toshkent "Katta dubulg'a" turniridan avval Bokudagi turnirda qatnashishadi
Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi.
Murabbiylar shtabining qaroriga ko'ra, turnirda yigitlarimiz ikkinchi tarkib bilan ishtirok etadi. Qizlarimiz esa asosiy tarkibda Bokuga yo'l olishadi. Ozarbayjonda kurashadigan sportchilarimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-60 kg: Doston Ro'ziev
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-73 kg: Obidxon No'monov
-81 kg: Nurbek Murtozoev
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
-100 kg: Rustam SHorahmatov
+100 kg: O'tkirbek To'raboev
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: SHukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: SHohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
+78 kg: Fotima Quramboeva
Fikrlar