27 mar 04:39
Yangiliklar

Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov Jahon chempionatining qisqa dasturida chiqish qildi va erkin dasturga yo'llanma oldi
Musobaqada ishtirok etayotgan juftlik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov qisqa dasturda chiqish qildi.
23 juftlik orasidagi ilk to'rtlik guruhida chiqish qilgan vakillarimiz yakunda 62.33 ball jamg'ardi. Ular Kiyoshi Yoshida tomonidan ijro etilgan Deal with Soul Madam qo'shig'ini muzda aks ettirishdi.
Qayd etish joiz, sportchilarimz ettita elementning bittaginasi — tulupda xato qilishdi. Ularning qisqa dasturda bu mavsum doirasidagi eng yaxshi natijasi 64.62 bo'lib turibdi.
ISU malumotlariga ko'ra, Geynish va CHigiryov ertaga bo'lib o'tadigan erkin dasturga yo'llanma qo'lga kiritib ulgurdi. Biroq qisqa dasturning g'olib va sovrindorlari hozircha aniqlanmadi. Bellashuvlar davom etmoqda.
Fikrlar