So’nggi yangiliklar

14:22Сауль Альварес: "Энг кучли рақиб — чемпионни танлайман!" 0 14:01Элина Свитолина Штутгарт турнири 1/2 финалида ўйнайди 0 13:40Перейра мухлисларини тинчлантирди: "Тез орада машина каби бўламан" 0 13:19Hublot бренди Мбаппе билан биргаликда лимитланган соатларни чиқарди + ФОТО 0 12:58Павлович Тейшерега: "Ҳаммаси тезда тугайди" 0 12:37Биринчи ракеткамиз 20 та эйс амалга оширилган 1/2 финал учрашувида кортга чиқди 0 12:16Zuffa Boxing битта жанг учун 15 млн таклиф қилган боксчи билан шартномани узайтирди 0 11:55Суперлига. Бугун "Нефтчи" - "Насаф" ўйини бор 0 11:34Беш нафар дзюдочимиз Осиё чемпионати медаллари учун татамига чиқади 0 11:13UFC Fight Night 273 турнири жангчилари тарозига чиқди 0 10:52Пэдди Пимблеттнинг навбатдаги жанги тафсилотлари маълум 0 10:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"да ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса мағлуб бўлди + ВИДЕО 0 10:10Жаҳон чемпионатини тарихий натижа билан якунладик + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:49Иккита матчболлдан чиқиб кетган Рибакина 1/2 финалда! 0 09:28Хамзат Чимаев: "Стриклендда жамоа йўқ, мураббийи ҳам ундан кўра мен билан яхшироқ гаплашади" 0

28 mar 05:36
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov juftligi Jahon chempionatining erkin dasturida muvaffaqiyatli chiqish qildi

Bostonda (AQSH) figurali uchish bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Bugungi kun dasturidan juftlik yo'nalishidagi erkin dastur bellashuvlari ham o'rin olgan edi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov chiqish qilib, yakunda 120.68 ballga loyiq ko'rildi. Sportchilarimiz Ispan bastakorlari — Buika va Jeykob Suredaga tegishli Teatro musiqasini muzda ijro etdi. Ularning joriy mavsum erkin dasturdagi eng yaxshi natijasi Kanada Gran-prisida qayd etilgandi — 126.12.

Geynish va CHigiryov juftligi o'z chiqishida 11 ta elementning uchtasida xatoga yo'l qo'ydi. Vakillarimiz bu natijasi orqali bugunning o'zidayoq 2026 yilda Milan va Kortinada o'tadigan qishki Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqishi mumkin. Biroq hozircha erkin dasturda g'olib va sovrindorlar aniqlanmadi. Bellashuvlar davom etmoqda.

Juftlik yo'nalishida erkin dasturning ayni damdagi aktual turnir jadvali (Oldinda yana 8 ta juftlikning chiqishi mavjud):


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing