26 iyu 14:42
Yangiliklar
Tennis
Elena Ostapenko Birmingemni zabt etdi FOTOGALEREYA
Angliyaning Birmingem shahri mezbonlik qilgan maysa qoplamali WTA turniri latviyalik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning 17-raketkasi bo'lib kelgan Elena Ostapenko hal qiluvchi final uchrashuvida reytingda o'zidan 5 pog'ona yuqorida borgan chexiyalik Barbora Kreychikovani 7/6(8), 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchrtadi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Ostapenko hamon oldinda bormoqda - 5:2.
Bir soatu 53 daqiqa davom etgan final bahsida Ostapenko 2, Kreychikova 6 ta eys zarbani amalga oshirgan. Elena faoliyatidagi oltinchi, maysa qoplamali turnirdagi ikkinchi sovrinini qo'lga kiritdi.
Bir haftalik mehnat unga 280 reyting ochkosi hamda 34,228 dollar mukofot puli keltirdi. Kreychikova esa 180 ochko va 20,226 dollar ishlab oldi. U bugun elon qilingan reytingda Top-10da qayd etildi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar