29 sen 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur ertaga Kaliforniyada debyut qiladi, raqib amerikalik bokschi + FOTO!
Jahon chempionati sovrindori Elnur Abduraimov ertaga professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi.
Hamyurtimiz ishtirokidagi boks oqshomi Amerika vaqti bilan bugun tunda, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi “Fantasy Springs Casino” arenasida bo'lib o'tadi.
Abduraimovning raqibi amerikalik Aaron Jamel Xollis bo'ladi. O'ttiz yoshli bu bokschi faoliyati davomida 11ta jang o'tkazgan. To'rtta jangda g'alaba qozongan, ikkitasi nokaut bilan. Qolgan 7ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. To'rt bor nokautga uchragan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar