10 okt 10:17
Yangiliklar
![](/upload/storage/46548_220.jpg)
Emelyanenko 13 oktyabr kuni Nyu-Yorkda final uchun jang qiladi
Emelyanenko nufuzi jihatidan UFCdan keyingi o'rinda turuvchi Bellator tashkiloti tomonidan o'tkazilayotgan ushbu Gran-pri turnirining yarim finalida amerikalik CHeyl Sonnenga qarshi bahs olib boradi.
Og'ir vaznlilar jangiga 15 000 tomoshabinga mo'ljallangan “Nassau Kolizeum” arenasi mezbonlik qiladi. Turnirning rasmiy nomi – Bellator 2086 Fedor vs. Sonnen.
O'n sakkiz yildan beri aralash qoidalar jangida ishtirok etib kelayotgan 41 yoshli Fyodor uchun bu faoliyatidagi 43-jang bo'ladi. “So'nggi imperator” nomi ostida jang o'tkazadigan Emelyanenko 43ta jangidan 37tasida g'alaba qozongan.
Sonnenning bo'yi - 185, Fyodorniki esa - 183 sm, Emelyanenkoning vazni - 108,1, CHeylniki esa - 100,6 kg.
Bellator Gran-prisining ikkinchi yarim final jangida esa Rayan Beyder va Mett Mitrion o'zaro to'qnash kelishadi. Bu jang 12 oktyabr kuni Ankasvill shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar