04 okt 18:27
Yangiliklar

Endigina UFC'ga qadam qo'ygan jangchi CHimaevga "vyzov" tashladi
"Xamzat hozir eng yaxshi jangchilardan biri ekanligini tushunaman, shuning uchun u bilan jang qilishim kerak. Dunyodagi eng zo'r jangchi bo'lishni xohlayman. Men eng zo'r yigitlarni mag'lub etishim kerak. Bu meni xursand qiladi! Men shuning uchun tug'ilganman.
To'g'risini aytsam, uning bosimiga dosh bera oladigan, uni mag'lub eta oladigan jangchini ko'rmayapman. Hamma uni daxlsiz deb hisoblaydi, lekin unday emas.
CHimaev nima qilmoqchi? Nahotki u meni ura olsa? Yo'q. U meni bo'ysundirmoqchimi? Yo'q. U meni nokaut qila oladimi? Menimcha ha.
Lekin, men uni erga yiqitib, raqiblariga nima qilgan bo'lsa men ham unga shunday qilaman. Men shunchaki haqiqiy jangchiman.
U Kevin Xolland va Li Jinliangni qilgan ishini o'ziga qaytaraman", - dedi Nikal.
Fikrlar