26 noy 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua faoliyatini yakunlagunga qadar nima qilishni reja qilganini aytdi
Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua (26-3, 23 KO) professional faoliyatini yakunlagunga qadar jahon chempionligini qo'lga kiritishni xohlashini yana bir bor takrorladi.
"Vallin bilan jang yakuniy nuqta emas, 23 dekabr kuni elonim bor. 2024 yilda ko'proq narsaga tayyor bo'laman. Men g'alaba qozonishga va o'z cho'qqimga qaytishga ahd qildim.
Kelajakni bashorat qila olmayman. Kelgusi yil nima qilishni reja qilganman. Men so'zimda turaman va uch karra jahon chempioni bo'lishimga ishonaman", - dedi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshua 23 dekabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) Otto Vallin (26-1, 14 KO) bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar