24 may 15:32
Yangiliklar
Entoni Joshua "Real" futbolchisini qo'llab-quvvatladi
Madridliklar futbolchisi Ispaniya chempionati doirasida "Valensiya"ga qarshi o'yin vaqtida irqchilikka oid haqoratlarga uchradi va yakunda qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Keyinchalik ushbu uchrashuvda ishlagan VAR hakamlari holatga etiborsizlik qilgani uchun jazoga tortilgandi.
"Agarda u bundan azob cheksa, kundalik hayotda akam, amakivachcham, o'g'lim uchun qanchalik qiyin bo'lishini shunchaki tasavvur qilib olavering. Uning og'rig'ini 100 foiz his qilib turibman", - deb yozadi Joshua.
Vinisius 2018 yildan buyon "Real" tarkibida harakat qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi. U ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining 32 o'yinida ishtirok etib, 10 ta gol va 9 assist qayd etdi.
Fikrlar