So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

04 iyu 09:07
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Etti karra Olimpiya o'yinlari chempioni JCH-2023 saralashidan ham o'ta olmadi

Ikki yil oldin Olimpiadada 3 ta oltin medalni qo'lga kiritgan amerikalik suzuvchi Keyleb Dressel muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

U shu yili Fukuokada suv sport turlari bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionati saralashidan ham o'ta olmadi. U Indianapolisda o'tgan AQSH chempionatining erkin suzish bahslarida 22-o'rinni egalladi. Bu esa unga faqat C finalida start olishigagina imkoniyat berdi, xolos.

Bunga qadar 26 yoshli Dressel Tokioda chempion bo'lgan ikki yo'nalishi doirasida chempionatda sovrindorlar qatoridan o'rin ololmagandi. 100 metrga batterflyay usulida suzishda 5-o'rinni olgan bo'lsa, 100 metrga erkin usulda suzishda esa hatto finalga ham chiqa olmagandi. 

SHuningdek, u chempionatda Olimpiya o'yinlari dasturiga kirmaydigan 50 metrga batterflyay uslubida suzishda 3-o'ringa ega chiqdi. Amerikalik hisobida shaxsiy toifadagi medallardan tashqari, Rio-de-Janeyro va Tokioda estafetada qo'lga kiritgan ikkita oltin medali ham bor.

2017 yili Budapeshtda o'tgan jahon chempionatida Dressel ikkita oltin medalni qo'lga kiritgan va keyinchalik 100 metrga erkin usulga suzish musobaqalaridan keyin sog'lig'idagi muammolar sabab turnirdan g'alati tarzda chetlashtirilgandi.

Bu yil boshlanguniga qadar u jamiyat etiboridan deyarli yo'qolib qoldi va Floridadagi talimini ham boshlamadi. Dressel may oyida Atlantadagi kichik turnirda qatnashib, faoliyatini qayta boshlagandi. JCH-2022dagi ishtirokdan so'ng mamlakat chempionati u uchun ilk yirik turnir bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing