01 sen 13:32
Yangiliklar

"Faoliyatini yakunlagan" Saidyoqub Qahramonov eng engil vazn uniki ekanligini aytdi + FOTO
Bir qancha vaqt oldin MMAdagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar bergan jangchimiz endilikda UFC'ga mana shunday tarzda murojaat yo'llamoqda:
"Ertami-kechmi mening vaqtim keladi. Eng engil vazn meniki".
Eslatib o'tamiz, Saidyoqub Qahramonov UFC'dagi birinchi jangini o'tgan yilning 22 avgustida Trever Jonsga qarshi, ikkinchi jangini esa 10 iyul kuni Ronni Lourensga qarshi o'tkazgan.
Ilgariroq, Saidyoqub Umar Nurmagomedovning so'nggi raqibi Neyt Manessni jangga chorlagan edi. Biroq, Neytning navbatdagi jangi deyarli rasmiylashtirib bo'lindi. Keyinroq esa Qahramonov 3 sentyabr kuni jang qilishi kerak bo'lgan, ammo raqibi bo'yicha muammosi yuzaga kelgan Halid Tahaga "vyzov" tashladi, ammo bunisi ham inobatga olinmadi.
Fikrlar