So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

05 iyu 17:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov: "Olimpiya o'yinlarining ikki karra chempioni bo'lishni istardim"

Fazliddin G'oibnazarovning havaskor boksda hali qiladigan ishlari bor.

To'g'ri, u Olimpiada chempioni! Ammo, hozircha O'zbekistonda ikki karra Olimpiya o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritgan bokschi yo'q. Harakat qilsa arziydigan maqsad, shunday emasmi? Asosiysi, huddi ikki yil oldingidek unga yana ishonch bildirilishi lozim. Etiboringizga bokschi bilan uyushtirilgan suhbatni taqdim etamiz.

Professional boksdagi faoliyat haqida

Professional boksdagi faoliyatim muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kungacha to'rtta jang o'tkazib, ikkitasida nokaut evaziga g'alaba qozondim. Navbatdagi jangim 14 iyul kuniga rejalashtirilmoqda. Raqibim hozircha nomalum. Yaqin orada aniq malumotlar elon qilinadi. Professional boksdagi qiyinchiliklar haqida gapiradigan bo'lsam, vazn borasida biroz qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Havaskor boksda -64kg vazn toifasida jang o'tkazardim. Hozir esa 61,2 kg (135 funt) vaznli bokschiman. Umuman olganda ko'nikish qiyin bo'lgani yo'q. Ahir professional boksga karate orqali kirib borganim yo'q-ku.

Havaskor boksda hali o'z so'zimni aytganim yo'q

Olimpiada chempioni bo'lganimga qaramay, havaskor boksda hali erishishim lozim bo'lgan yutuqlar bor. Ahir O'zbekistonda hali boks bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni yo'q. Nima uchun men bu borada birinchi bo'la olmasligim kerak? Agar Milliy olimpiya qo'mitasi, murabbiylar shtabi tomonidan shunday taklif bo'lsa faxr va iftixor bilan Olimpiya o'yinlarida vatanim sharafini himoya qilaman. Asosiysi menga ishonishlari lozim. Men doimo tayyorman. Riodagi Olimpiada oldidan tarkibda mendan ham kuchli bokschilar bor edi. Ammo, murabbiylar shtabi menga ishonch bildirdi. Orada mag'lubiyatlarga ham uchradim. Olimpiada finalidagi raqibim Lorenco Sotomayorga 2015 yili Ozarbayjondagi musobaqada yutqazganman. Aslida o'shanda mag'lub bo'lmagandim, murabbiylar buni ko'rishgan. Hakamlar xatosi tufayli u g'alaba qozongan. Keyin esa Bokuda Ozarbayjon terma jamoasi bilan qo'shma yig'in o'tkazganmiz. O'shanda Sotomayorga qarshi sparring jangda g'alaba qozonganman. Buni barcha ko'rgan. Rio Olimpiadasida uning finalga etib borishi men uchun kutilmagan hol bo'lgan. Hal qiluvchi jangda umuman boshqa bokschini kutgandim. CHunki, -64kg vazn toifasida kuchli bokschilar etarli edi. O'shanda o'zimga bildirilgan ishonchni oqlay olgandim. Bu safar taklif qilishsa yana ishtirok etaman. Lozim bo'lsa ichki musobaqalarda qatnashib, yaxshi formada ekanligimni isbotlayman.



Rioda professional bokschilar medal qo'lga kirita olishmagan

Riodagi Olimpiya o'yinlarida professional bokschilar ham ishtirok etishgan. Ammo, ularning xech biri medal qo'lga kirita olmagan. CHunki, professional boksda siz asosiy etiborni bitta jangga qaratasiz. Jangdan so'ng sizda oylab tanaffus bo'ladi. Havaskor boksda esa bunday emas. Bugun jang o'tkazdingizmi? Ertaga yoki bir kun o'tib navbatdagi bahsda ringga chiqasiz. Bunday vaziyatda bo'shashmaslik lozim. Bu professional bokschi Olimpiya o'yinlarida ishtirok eta olmaydi degani emas. Bo'lishi mumkin. SHunaki, Olimpiadadan kamida 9 oy oldin professional bokschi havaskorlar bilan birga mashg'ulotlar olib borishi, ularning uslubiga qayta ko'nikishi lozim bo'ladi.

Islohotlar haqida

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar yoshlar uchun ayni muddao. Bu sport rivoji yo'lida katta ahamiyatga ega. Bolalar bizning kelajagimiz. Ular orasida sportni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish zarar qilmaydi. Bir necha kun oldin Qoraqalpog'istonda katta sport festivali o'tkazildi. Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov doimiy izlanishda, turli tabdirlarda ishtirok etadi, bolalarga etibor qaratadi, eng yaxshilarni taqdirlaydi, sport inshootlariga tashrif buyuradi. Bu keng ko'lamdagi ishlar yoshlar orasida sportga qiziqishni yanada oshiradi. Yoshlarimiz yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, sport bilan shug'ullanib, sog'lom turmush tarzini olib borishlarini istardim.


Reyting:    

Fikrlar

   
06 iyu 14:55:56
Navroz Hojibekov
Fazliddin Uzi qatnashsin 100% oltin medal oladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing