So’nggi yangiliklar

17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0

03 noy 08:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning bo'lajak raqibi, sobiq jahon chempioni Rajab Butaev hamyurtimizga qarshi jang oldidan o'z fikrini bildirdi

Yarim o'rta vazn toifasida rossiyalik bokschi, WBA sobiq chempioni Rajab Butaev (14-1-0) o'zbekistonlik Fazliddin G'oibnazarovga (11-1-0) qarshi jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bokschilar o'rtasidagi jang 6 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida o'tkaziladi.

"Ha, qaytishim ko'p vaqtni oldi, deyarli 1 yil ringga chiqmadim. Avvaliga sog'ligim bilan bog'liq muammolar bo'ldi, men davolanayotgan edim, keyin sankciyalar tufayli jang qila olmadim. To'g'risini aytsam, qo'lqoplarimni ilib qo'yish haqida o'ylagandim, lekin kattalar bilan maslahatlashib, yaxshilab o'ylab, yana chempion bo'lishga qaror qildim!

Nihoyat ringga chiqayotganimdan, jang Rossiyada bo'lishidan va oilam mening jangimni jonli ko'rishi mumkin bo'lganidan xursandman. Ha, Fazliddin jiddiy raqib, Olimpiada chempioni unvoni ko'p narsani anglatadi, lekin mening maqsadim ikki karra jahon chempioni bo'lish, va bu yo'lda qarshimda kim turishi muhim emas".

32 yoshli Fazliddin G'oibnazarov prof boksda 11 g'alaba (6 nokaut) va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini 2019 yilda Maykl Foksdan qabul qilib olgan. 2022 yilning 2 dekbar kuni "Humo Arena"da yana bir hamyurtimiz Jamshid Karimovni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. Bu uning hozircha so'nggi jangi bo'lib turibdi.    

Qiziq bir malumot, Fazliddin Butaevga qarshi jang o'tkazgan uchinchi o'zbek bokschisi bo'ladi. Bunga qadar Rajab 2017 yilda bokschilarimiz SHerzodbek Olimjonov va Bahrombek Payozovni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing