24 mar 19:12
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Figurali uchish. Misha Ge jahon chempionatida kuchli o'nlikka kirdi
Italiyaning Milan shahrida figurali uchun bo'yicha jahon chempionatida erkaklar o'rtasidagi bahslar yakuniga etdi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge ham ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik. Bugun hamyurtimiz erkin dasturlarda chiqish qildi va 163,56 ball jamg'ardi. Umumiy hisobda esa u 249,57 ball to'play oldi va yakunda to'qqizinchi o'rinni egalladi.
Jahon chempionati yakunlariga ko'ra AQSH vakili Netan CHen 312,40 ball to'plab, oltin medal sohibiga aylandi. Ikkinchi o'rinni 273,77 ballga loyiq topilgan yaponiyalik SHoma Uno egalladi. Uchinchi o'rin esa 272,72 ball jamg'argan rossiyalik Mixail Kolyadaga nasib qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar