11 okt 11:48
Yangiliklar

FOTO. Xabibga chempionlik kamari topshirildi, uning otasi Makgregorni kechirdi
Xabaringiz bor, Konor Makgregorga qarshi kechgan jang yakunida Xabib oktagonni tark etgan va uning tashqarisida tartibsizlikni yuzaga keltirgandi. Nurmagomedovning jamoasidagilar esa oktagonga chiqib, Konorni do'pposlashga urinishgandi.
SHu sababli ham jangdan so'ng g'alaba qozongan rossiyalik sportchiga chempionlik kamari oktagonning o'zida tantanali ravishda topshirilmagandi. Xatto uni oktagondan tashqaridagi qilmishi va jamoadoshlarining zo'ravonligi uchun chempionlik kamaridan ham mahrum qilishmoqchi bo'lgandi.
Nihoyat, UFC rahbariyati chempionlik kamarini o'zining haqiqiy egasiga topshirdi. Xabib chempionlik kamari bilan tushgan suratini ijotimoiy tarmoqdagi sahifalariga joyladi. Uning otasi Abdumannop Nurmagomedov ham kamarni qo'liga ushlagan holatda suratga tushdi va o'z manziliga yo'llangan kurakda turmaydigan so'zlari uchun Konorni kechirdi.
Fikrlar