07 iyu 12:58
Yangiliklar
![](/upload/storage/225917_220.jpg)
Frenk Uorren Joshua va Usik o'rtasidagi revansh jangida kim g'alaba qozonishini taxmin qildi
Britaniyalik menejer revansh jangida ukrainalik bokschi muddatidan oldin g'alaba qozonishi kerakligini takidladi.
"Birinchi jangda Usik Joshuani oson mag'lub qilgani meni ajablantirdi. Aleksandr murabbiylari aytganidek boks namoyish etdi va Joshuani nokaut qilishga harakat ham qilmadi. Ammo, jang davomida bir necha vaziyatlar bo'ldi. Jumladan, oxirgi raundda Usik uni nokautga uchratishi mumkin edi.
Menimcha, Usik bu safar ham Joshuani to'xtatadi. Bu to'qnashuv Endi Ruis bilan bo'lgan revansh jangidan butkul farq qiladi. Aleksandr mukammal bokschi, u bu kurashga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.
SHuning uchun, Joshuani muammolar kutib turibdi", - dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi "Super Dome" arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar