25 iyu 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri Pattayyadagi boks oqshomida Vaxni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi
Prof boksning super og'ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring va IBF kamarlarining sobiq egasi, britaniyalik Tayson Fyuri Tailandning Pattayya shahrida bo'lib o'tgan professional boks oqshomida 46 yoshli polyak bokschisi Mariush Vax ustidan g'alaba qozondi.
Jang ettinchi raunddan so'ng muddatidan avval yakunlandi. Vaxning sekundantlari uni jangni davom ettirish uchun ringga chiqarmaslikka qaror qildi. Natijada Tayson Fyuriga texnik nokaut orqali g'alaba yozildi.
Tayson Fyuri 37 yoshda. U professional boksdagi faoliyatini 2008 yil dekabr oyida boshlagan. 46 yoshli Mariush Vax esa professional ringdagi debyutini 2005 yil aprel oyida o'tkazgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar