22 may 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassiev - Usik jangi sanasi 23 may kuni elon qilinadi
Butunjahon boks Superseriyasining birinchi og'ir vazn toifasida o'tkaziladigan final jangi sanasi va manzili 23 may kuni elon qilinadi.
Final bahsida IBF va WBA yo'nalishlari chempioni rossiyalik 24 yoshli Murat Gassiev qolgan ikki yo'nalishi - WBC hamda WBO chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi ringga ko'tariladi.
Birlashtiruvchi superchempionlik jangiga bag'ishlangan matbuot anjumani aynan 23 may kuni o'tkaziladi. Rossiya boks federaciyasi tashkilotchilarga jangni 22 iyul kuni Rossiya hududida o'tkazish taklifi bilan chiqqan. Ukraina tomoni esa jangning neytral davlatda o'tkazilish tarafdori bo'lib turibdi.
Havola :
Fikrlar