15 sen 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy Golovkin: "Saul masxaraboz va shoumen"
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni bo'lib turgan Gennadiy Golovkin meksikalik davogar bokschi Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi. Bugun o'tkazilgan vazn o'lchash hamda ko'z urishtirish marosimida Saul asablarini jilovlay olmadi.
"Alvares masxaraboz va shoumen. Uning bugungi xatti-harakatlariga boshqa tarif topa olmadim. Men unga ertaga boksdan saboq berib qo'yaman", - dedi Golovkin.
Havola :
Fikrlar