17 sen 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
GGG - Kanelo 3 jangining taxminiy sanasi malum qilindi
Qozog'istonlik sobiq jahon chempioni Gennadiy GGG Golovkinning murabbiyi Abel Sanches Saul Alvaresga qarshi kechadigan uchinchi jang 2019 yilning may oyida o'tkazilishi mumkin.
“O'ylashimcha, biznes tomonidan Kanelo uchun ham, Golovkinga ham uchinchi jangning o'tkazilishi foyda keltiradi. Keyin uslub jihatidan ham bu ikki bokschi bir-birlariga juda ham mos kelishadi. Bu esa jangning qiziqarli kechishini taminlaydi.
Erik Gomes hakamlar qarori elon qilinganidan keyin yonimga kelib shunday dedi: “Uchinchi jangni o'tkazish kerak”. Mening javob mana bunday bo'ldi: “Ha, bu masalani Tom bilan gaplashish lozim”.
Menimcha, 5 may – uchinchi jang uchun eng qulay va optimal sana. Hozir Golovkin xordiq chiqarishi kerak. Kelasi yilning boshlaridagina u zalga, mashg'ulotlarga qaytadi. May oyigacha o'rtada jang o'tkazmagani maqul”, - dedi Sanches.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar