12 noy 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Glover Teysheyra: "Proxazka keyingi raqibim bo'ladi"
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Glover Teysheyra o'zining birinchi himoya jangini kimga qarshi o'tkazishini aytdi.
"O'ylashimcha, keyingi raqibim Irji Proxazka bo'ladi. To'g'risini aytsam, menga kimga qarshi jang qilish unchalik ham muhim emas.
SHu paytgacha chempionlar bilan jang qilishni xohlardim. Endi esa yo'limdagi istalgan jangchi bilan oktagonga chiqishga tayyorman. Irji men va Blaxovich o'rtasidagi jangga zaxirada edi. SHu sabab ham u keyingisi.
Yarim yilga majburiy chetlatish haqida eshitgandingiz. Lekin doktor hech qanday jiddiy muammo yo'qligini aytdi. Keyingi yilning aprel yoki may oylariga qaytsam kerak. Hozir esa tanamga biroz dam berishim kerak", - deydi Taysheyra.
Havola :
Manba : BJPenn.com
Fikrlar