12 sen 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin 7 oy ichida 18 marta dopingga tahlil topshirdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin qisqa fursat ichida doping uchun 18ta tahlil topshirdi.
Qozog'istonlik bokschi shu yilning fevral oyidan to shu kungacha 12 bor peshob, 6 marotaba qonidan tahlil topshirgan. Barcha doping-tahlillar toza chiqqan, yani Golovkinda hech qanday doping alomatlari aniqlanmagan.
Gennadiyning 15 sentyabr kungi jangdagi raqibi meksikalik Saul Alvares ham doping-tekshiruvdan o'tdi. Lekin Saul “Kanelo”dan necha marotaba tahlil olishgani haqida malumot yo'q.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar