09 iyu 13:19
Yangiliklar
Golovkin Alvaresdan keyin kim bilan jang o'tkazish istagida ekanligini aytdi
Xabaringiz bor, qozog'istonlik jahon chempioni 15 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida meksikalik Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
“Alvares bilan jangdan so'ng o'z vazn toifamdagi barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'limda birlashtirishni istayman. Ayni paytda WBC kamarim uchun rasmiy davogar Jermall CHarlo hisoblanadi. WBA tashkiloti esa yaponiyalik Rioto Murata bilan jang o'tkazishimni xohlayapti. SHaxsan o'zim esa Billi Jo Sondersga qarshi ringga chiqishni va uning kamarini qo'lga kiritishni istayman”, – dedi Golovkin.
Malumot uchun, Billi Jo Sonders WBO chempioni bo'lib turibdi. Britaniyalik bu jahon chempioni navbatdagi jangini rasmiy davogar amerikalik Demetrius Andradega qarshi o'tkazadi.
Fikrlar