05 sen 15:27
Yangiliklar
![](/upload/storage/44729_220.jpg)
Golovkin - Kanelo 2 jangida The Ring kamarining yangi sohibi aniqlanadi
Xabaringiz bor, 15 sentyabr kuni o'rta vazn toifasida WBA va WBC yo'nalishlari chempioni qozog'istonlik Gennadiy Golovkin meksikalik davogar Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi takroriy jangda ringga ko'tariladi.
G'olib bokschi o'rta vaznda The Ring chempionlik kamarining yangi sohibiga aylanadi. Aslida qoidaga ko'ra The Ring chempionlik kamari reytingda birinchi va ikkinchi o'rinni egallab turgan bokschilar o'rtasidagi jang g'olibiga taqdim etilardi.
Lekin ekspertlar guruhi jangning muhimlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, ushbu jang g'olibiga ham chempionlik kamari taqdim etilishini oshkor etishdi. Hozirda Golovkin reytingda birinchi o'rinni egallab turibdi. Alvares esa dopingga tushib qolgani bois aynan The Ring chempionlik kamaridan mahrum qilingan edi.
Fikrlar